Dilshod Ibrohimovich Xolmurodov O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Prezident 9 iyul kuni bu haqdagi farmonni imzoladi, deya xabar berdi Adliya vazirligi.

Foto: cbu.uz.

Ushbu tayinlovgacha u Markaziy bankning statistika va tadqiqotlar bo‘limini boshqargan.

Ushbu lavozimda Dilshod Xolmurodov 2010 yildan beri Davlat statistika qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Bahodir Mirusmonovning o‘rnini egalladi.