9 iyul kuni O‘zbekistonda 472 holatda koronavirus qayd etilib, umumiy 11564 taga yetdi, deya qayd etdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi holatlarning 275 tasi karantin muassasalarida, 190 tasi aholi orasida, 7 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 2 nafar, Buxoro viloyatida ham 2 nafar (shundan 1 nafari afg‘onistonlik), Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida esa 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Shuningdek, Toshkent shahri, Samarqand, Namangan va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 227 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 11564 nafar bemordan 7287 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 63 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4226 nafar bemordan 42 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.