10 iyul kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11857 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 32 nafari Karantin марказидаги fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 102 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Hozirgacha kun davomida mamlakatda 293 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 7335 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.