“Kanzas-Siti Chifs” amerikancha futbol jamoasi a’zosi (kvoterbek ampluasida) Patrik Maxoums sport tarixidagi eng yirik shartnomani imzoladi, deya xabar beradi The New York Times. 24 yoshli sportchi bilan tuzilgan yangi shartnoma qiymati 503 mln dollar bo‘lib, 10 yil muddatga mo‘ljallangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Maxoums 2020 yilda AQSH milliy futbol ligasining eng yosh kvoterbeki bo‘lgan va Superboul uchun kurash olib borilgan o‘yinda eng yaxshi o‘yinchi deb tan olingan.

Asli texaslik bo‘lgan Patrik Maxoums 2017 yildan beri “Kanzas-Siti Chifs” jamoasi safida harakat qilib keladi. Jamoa bilan kelishilgan yangi shartnoma 2031 yilgi mavsumgacha tuzildi.

Bu borada Maxoums 2019 yilda “Los-Andjeles Enjels” beysbol jamoasi bilan 12 yil muddatga 430 mln dollarlik shartnomani imzolagan Mayk Trautning rekordini ortda qoldirdi.