6 iyul, dushanba kuni O‘zbekistonda kunlik havo harorati 32−35 daraja, janubda 38 darajagacha ko‘tariladi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Seshanba kuni respublikaga Turkmanistondan havo massasi kirishni boshlaydi. Ob-havoning mo‘'tadil issiq va quruq bo‘lishi kutilmoqda.

Havo harorati ko‘tarilib, kechasi 17−22 daraja, kunduzi 34−39 daraja, janubda va cho‘l zonasida 40 darajagacha ko‘tariladi. Bu ko‘rsatkichlar hozirgi kunlarning iqlim normasiga yaqin, deyiladi xabarda. Ob-havo ko‘rsatkichlari ish haftasi oxirigacha saqlanib turadi.

6−7 iyul kunlari mamlakatning ayrim joylarida shamol sekundiga 15−20 m gacha kuchayishi mumkin.