Prezidentning 3 iyuldagi farmoni bilan Gulnora Maxmudovna Marufova mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi O‘zA.

Ushbu tayinlovdan oldin, Gulnora Marufova (1956 yilda tug‘ilgan) fevral oyidan buyon Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash bo‘limini boshqargan va bundan oldin, 2004 yildan Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Ushbu lavozimda u sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga qaytgan Elmira Bositxonova o‘rniga tayinlandi.