Juma kuni O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 30−35 darajani tashkil etadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Shanba kuni tog‘ va tog‘oldi hududlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliklar kutilmaydi. Havo harorati bir xil me’yorda saqlanib qoladi va kechasi 15−20 daraja, kunduzi 30−35 daraja issiq bo‘ladi.

Iyul oyining boshlanishi O‘zbekistonda qulay harorat bilan belgilanadi. Bu kunlarda havo harorati me’yor oralig‘ida bo‘lishi kutiladi va kechasi 17−22 daraja, kunduzi 32−37 daraja issiq bo‘lishi kutiladi.

Iyul oyining boshida Respublika bo‘yicha joylarda shamolning tezligi sekundiga 15−20 metrgacha yetishi mumkin.