3 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9326 (+127) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 93 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 31 nafari Toshkent shahrida (shundan 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 18 nafari aholi orasida), 3 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

️Ayni paytda 6161 (+127) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.

️Demak, bugun ayni soatlarda kasallik aniqlanganlar va davolanib chiqqanlar soni bo‘yicha bir xil ko‘rsatkich qayd etilmoqda.

️Hozirda mamlakatda 3137 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.