2 iyul kuni soat 9:16 lar atrofida Uchtepa tumani «Ko‘kcha darvoza» MFY hududida joylashgan «Olmos jo‘ja» MCHJga qarashli oshxonada yong‘in kelib chiqqan, deya xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Yongin oqibatida oshxonaning ichki va tom qismining 30 kv m maydoniga zarar yetgan. Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan.

«Qutqaruvchilarning o‘z vaqtida amalga oshirgan sa’y-harakatlari natijasida yong‘in soat 9:36 lar atrofida to‘liq bartaraf etilgan», — deyiladi xabarda.