Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 1 iyul kuni O‘zbekistonda diplomatik missiyasini yakunlagan Hindiston elchisi Santosh Ja bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, Vazir Santosh Ja ga ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, turli darajalarda bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazish muddatlari bo‘yicha takliflar yuzasidan fikr almashildi.

Santosh Ja 2019 yil iyul oyida Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan.