Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Sardor Radjabov hukumat huzuridagi Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar, S. Radjabov Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari lavozimi vakant edi.