Osiyo futbol konfederatsiyasi 2027 yilgi Osiyo kubogi musobaqasiga mezbonlik qilish uchun taklif yuborgan besh a’zo assotsiatsiya nomini rasman tasdiqladi.

Qit’a birinchiligini qabul qilish uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham davogarlik qilmoqda, deya xabar berdi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekistondan tashqari Osiyo kubogi bahslarini qabul qilish huquqi uchun Hindiston, Eron, Qatar va Saudiya Arabistoni ham ariza topshirgan.

Keyingi navbatda, OFK har bir talabgor a’zo assotsiatsiya bilan tender jarayoniga doir zaruriy hujjatlar ustida ish olib boradi.

XIX Osiyo kubogining rasmiy mezboni 2021 yilda e’lon qilinishi rejalashtirilgan.