2 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8904 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 101 nafari Karantin марказидаги fuqarolar orasida, 12 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), qolgan 3 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 3030 kishi davolanmoqda. Ulardan 16 nafari og‘ir, 9 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 5847 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. Yigirma yetti nafar kishi hayotdan ko‘z yumgan.