Toshkent shahrida 6 ta yangi ko‘prik qurilishi rejalashtirilmoqda. Ko‘priklarning aksariyati Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab barpo etilishi kutilmoqda. Bu tegishli Prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, Yo‘l o‘tkazgichlarning ikkitasini Toshkent halqa avtomobil yo‘li hamda Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari kesishmalarida qurish ko‘zlanmoqda. Yana ikkita ko‘prikni Qorasaroy ko‘chasi va Forobiy ko‘chasining Toshkent halqa avtomobil yo‘li bilan kesishadigan chorrahalarida qurish rejalashtirilmoqda. Amir Temur va Xurshid ko‘chalari kesishmasida ham xuddi shunday yo‘l o‘tkazgich quriladi.

Mazkur ko‘priklarni qurish uchun qariyb 640 mlrd so‘m sarflanishi baholangan.

Jadval


Manba: Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali

Eslatib o‘tamiz, ushbu qaror loyihasiga ko‘ra, Toshkent shahrida umumiy uzunligi 656 kilometr bo‘lgan piyodalar va velosipedlar yurish yo‘llarini qurish ko‘zda tutilgan.