1 iyul kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8671 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 14 nafari Karantin марказидаги fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 9 nafari aholi orasida), 8 nafari Sirdaryo viloyatida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi), 2 nafari Buxoro viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida), 9 nafari Samarqand viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida) aniqlangan.

Hozirgacha kun davomida mamlakatda 168 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 5737 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Bugungi kunning o‘zida Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 1 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 53 nafar, jami 55 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.