Prezident farmoni bilan Xalilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayev Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi lavozimiga tayinlandi, deya xabar beradi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati.

Ushbu tayinlovga qadar Xalilillo To‘raxo‘jayev 2017 yil dekabr oyidan beri Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ungacha esa prezident davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Ushbu lavozimda 2017 yildan beri Abdushukur Abdullayev O‘zgeodezkadastr davlat qo‘mitasining raisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Abdullayev Abdushukur Xamidovich endilikda o‘z faoliyatini «Geoinnovatsiya markazi» davlat unitar korxonasi direktori lavozimida davom ettiradi.