Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 iyundagi qaroriga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ixtiyoriy ravishda o‘z hisoblaridan mehmonxonalarda karantinga olish tartibi va narhlari belgilandi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qumitasi.

Unga ko‘ra, 300 ming so‘mgacha narxdagi 599 ta o‘ringa mo‘ljallangan jami — 13 ta, 301−500 ming so‘m narxdagi 4256 ta o‘ringa mo‘ljallangan jami — 54 ta, 501 ming so‘mdan yuqori narxdagi 3616 o‘ringa mo‘ljallangan jami 35 ta mehmonxonalar ro‘yxati shakllantirilgan. Hozirgi kunda fuqarolarni karantin talablari asosida joylashtirishga yetarli sharoit yaratgan va ularni qabul qilishga rozilik bildirgan mehmonxona faoliyatini yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatlari shakllantirildi va bu ro‘yxatni to‘ldirishda davom etiladi. Shu o‘rinda, bitta reys orqali Respublikaga kirib kelayotgan fuqarolarning karantin davrida sanitar-gigiyenik xavfsizlik talablari joriy etilgan, Milliy gvardiya tomonidan tunu kun davomida qo‘riqlanadigan mehmonxonalarga tartibli joylashtirilishi, aholi o‘rtasida koronavirusning keng tarqalib ketishini oldini olish maqsadida mehmonxonalarning ro‘yxati har bitta narx toifasidan 3 tadan jami — 9 ta, eng kam narx taqdim qilgan mehmonxonalar kesimida e’lon qilib boriladi. Bunda mehmonxonalar o‘rinlari soni karantinga olingan fuqarolar va qayd etilgan bronlar hisobiga to‘lgach, ro‘yxat yangilanib boriladi.

Arzon narxli mehmonxonalar









Hudud
Yuridik shaxs nomi/joylashtirish vositasi nomi
Joylashtirish vositasi manzili
Telefon/rahbar
Nomerlar fondi
Narxi*
Nomer
O‘rin
1
2
3
5
6
7
8
9
1
Toshkent shahri
“ART PALACE HOTEL” XKning ART PALACE HOTEL mehmonxonasi
Chilonzor tumani Naqqoshlik ko‘ch.
1-uy
(+99 895) 198−84−48, (+99 897) 756−55−66
Xujamkulov Sardor
63
100
250 000
2
Toshkent shahri
“TOSHKENT INTER TUR SERVIS” MCHJning TOSHKENT INTER TUR SERVIS mehmonxonasi
Olmazor tumani, Farobiy ko‘ch.
14-uy
(+99 890) 940−40−40, (+99 890) 962−74−20, (+99 871) 246−12−68, (+99 871) 246−12−78
Yodgorxjayev To‘laganxo‘ja
14
40
250 000
3
Toshkent shahri
“ELRUS XOSTEL” OKning ELDORADO mehmonxonasi
Chilonzor tumani Qatortol ko‘ch.
6 mavzesi, 31-uy
(+99 890) 983−55−55
Badalov Rustam
15
31
250 000








O‘rta narxli mehmonxonalar









Hudud
Yuridik shaxs nomi/joylashtirish vositasi nomi
Joylashtirish vositasi manzili
Telefon/rahbar
Nomerlar fondi
Narxi*
Nomer
O‘rin
1
2
3
5
6
7
8
9
1
Toshkent shahri
MCHJ shaklidagi “DOBUSIYA” QKning GOLDEN VALLEY mehmonxonasi
Yunusobod tumani A.Temur shox ko‘ch. 112-uy
(+99 871) 200−10−00, (+99 890) 941−19−86,
Toshev Utkir
60
118
350 000
2
Toshkent shahri
“AL-HOSILOT” MCHJning AL HOSILOT mehmonxonasi
Yakkasaroy tumani Sh. Rustaveli ko‘ch. 95-uy
(+99 890) 965−06−05, (+99 871) 253−18−87,
(+99 898) 577−77−70 Sultanxodjayev Sardor
124
306
350 000
3
Toshkent shahri
“RADDUS-JSS” MCHJning RADDUS JSS mehmonxonasi
Yakkasaroy tumani X.Suleymanova 39/41
(+99 878) 120−77−48, (+99 871) 253−12−67, (+99 890) 176−77−77
Jumanazarov Radjap
26
52
350 000








Yuqori narxli mehmonxonalar









Hudud
Yuridik shaxs nomi/joylashtirish vositasi nomi
Joylashtirish vositasi manzili
Telefon/rahbar
Nomerlar fondi
Narxi*
Nomer
O‘rin
1
2
3
4
5
6
7
8
1
Toshkent shahri
“ECO BOUTIC HOTEL” OKning ECO BOUTIQUE HOTEL mehmonxonasi
Yunusobod t-n. Yetti Chinor ko‘ch. 60 uy
(+99 897) 777−77−40, (+99 898) 303−59−53
Abduvaliyev Baxrom
35
71
505 000
2
Toshkent shahri
“WINTER HOLIDAY” MCHJning SAYYOH mehmonxonasi
Chilonzor tumani Al Xorazmiy ko‘ch. 4/1-uy
(+99 871) 276−08−12, (+99 871) 276−00−00, (+99 895) 170−27−33, (+99 897) 749−98−02, (+99 871) 276−07−66
Akramov Jamoliddin
32
64
510 000
3
Toshkent shahri
“OMAD-GROUP” MCHJning ZAMONA mehmonxonasi
Chilonzor t-n. Bog‘iston ko‘ch. 1/1
(+99 899) 300−84−84, (+99 894) 620−87−08
Ganiyeva Shaxnoza
12
31
520 000









*Barcha xonalar narxi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: joylashtirish, 3 mahal ovqat, Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining tibbiy ko‘rik xizmatlari.

Shuningdek, mehmonxonalarda karantin davrini o‘tkazish yuzasidan batafsil yo‘riqnoma ilova qilindi. Unga ko‘ra:

  • karantinga olinayotgan shaxslarning o‘z hohishiga ko‘ra karantin muddatini mehmonxonalarda ham o‘tash imkoniyati mavjud;
  • mehmonxonalarga 14 kunlik karantinga “qizil” reyslar bilan kirib kelayotgan shaxslar olinadi;
  • mehmonxonalarda karantin muddatini o‘tash va xizmat ko‘rsatish pullik asosda amalga oshiriladi va joylashtirish narxi oldindan ma’lum qilinadi;
  • 3 xil toifagi narhlar ro‘yxati bilan birga mehmonxonalar haqidagi ma’lumotlarni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiy veb-sahifasi va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali olish mumkin;
  • mehmonxonalarda turishni istamagan shaxslar maxsus karantin markazlariga karantin davrini o‘tash uchun yuboriladi;
  • mehmonxonalar tomonidan yetkazib kelingan, lekin karantin vaqtini mehmonxonalarda o‘tkazishni hohlamagan fuqarolar karantin markazlariga ushbu fuqarolarning o‘z hisobidan yo‘l patrul xizmati xodimlari kuzatuvi ostida yetkaziladi va belgilangan tartibda vaqtincha karantinda saqlanadi;
  • mehmonxonalarda karantin muddatini o‘tash istagini bildirgan fuqarolar xalqaro aeroportga, chegara o‘tkazish punktlariga yetib kelganidan so‘ng belgilangan mehmonxona nomiga ariza to‘ldiradi;
  • O‘zbekiston hududiga kirib kelgach mehmonxonada yoki maxsus karantin markazlarida karantin muddatini o‘tash istagini bildirgan shaxslar alohida transport vositasi orqali hamda ichki ishlar organlari xodimlari kuzatuvi ostida mehmonxonalarga yetkazib boriladi;
  • mehmonxona uchun to‘lov joylashgandan so‘ng uch kun mobaynida to‘lanishi lozim, to‘lovn amalga oshirilmagan holda, shaxs maxsus karantin markaziga ko‘chiriladi. Pul to‘lamagan shaxslar maxsus karantin markazlariga olib kelingan kundan boshlab 14 kunlik muddatga karantinga olinadi;
  • fukarolar mexmonxonalarda karantinga joylashtirilganidan so‘ng, ulardan 1 sutka ichida va 11 kundan keyin takroriy koronavirus test sinamasi olinadi;
  • mehmonxonalarda 24 soat uzluksiz tibbiyot xodimlari navbatchiligi amalga oshiriladi;
  • tibbiyot xodimlari karantinda saqlanayotganlarning holatini kuniga kamida 2 marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi;
  • mehmonxonalarda standart menyu asosida sifatli 3 martalik ovqatlanish ta’minlanadi, ovqatlanish yashash uchun ajratilgan xonalarda amalga oshiriladi;
  • mehmonxonalarga shaxsiy buyumlarni olib kirish faqatgina sanitariya-gigiyena tozalashdan so‘ng amalga oshirish mumkin, shuningdek, mehmonxonalarda mobil aloqa vositasini ishlatishga ruxsat beriladi;
  • Respublikasiga yetib kelgan yo‘lovchilarning karantin muddatini o‘tashning barcha bosqichlarida qarindoshlar va tanishlar bilan ko‘rishishi ta’qiqlanadi;
  • karantin muddati (14 kun) yakunlangach sog‘lik holati tekshirilib, PZR laboratoriya test sinamalari kasallik mavjud emasligini tasdiqlaganidan so‘ng shaxslar mehmonxonani tark etishlari mumkin.