Salomov O‘ktam Rahimovich O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur tayinlovga qadar u 2019 yil iyundan buyon Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Unga qadar Andijon mashinasozlik instituti rektori bo‘lgan.