O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 2020 yilning yanvar-may oylarida mamlakatda sodir etilgan jinoyatlarning sonini ma’lum qildi, deya xabar berdi «Yuksalish» umummilliy harakati.

Ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yilning dastlabki 5 oyida 17271 ta jinoyat qayd etildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 100 taga (41,9 foizga) ko‘p — 12171 ta.

Ta’kidlanishicha, bezorilik holatlari soni 2,5 barobarga (2019 yilda 153 ta, 2020 yilda 385 ta), firibgarlik (2019 yilda 1 324 ta, 2020 yilda 2 712 ta), poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyatlar 2 barobarga (2019 yilda 280 ta, 2020 yilda 557) ta oshgan. Bosqinchilik (38 tadan 74 taga) va o‘g‘irlik (1293 tadan 2097 taga) jinoyatlari ham ko‘paygan.

Hududlar kesimida jinoyatlarning oshishi Toshkent shahri (20,9 foiz), Farg‘ona (105,5 foiz), Samarqand (29,1 foiz), Andijon (54,2 foiz) va Toshkent viloyatlariga (29,3) to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi. Bunda, muayyan davrda Farg‘ona viloyatida 2 575 ta jinoyat qayd etildi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobar yuquri qo‘rsatkich.

Infografika


Infografika: «Yuksalish» umummilliy harakati