30 iyun kuni O‘zbekistonda 281 ta koronavirus holati qayd etildi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shundan 255 nafari Karantin muassasalarida, 25 nafari aholi orasida (shundan 13 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Samarqand viloyatida), 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, tibbiyot muassasalarida 186 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 135 nafar, Xorazm viloyatida 44 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 2 nafar) sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 8503 nafar bemordan 5682 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2795 nafar bemordan 21 nafari og‘ir, 5 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 40 218 nafar, statsionar karantinda esa 24 168 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Manba: Sog‘liqni saqlash vazirligi.