30 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8298 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 44 nafari Karantin марказидаги fuqarolar orasida, 23 nafari Toshkent viloyatida (shundan 19 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 2778 kishi davolanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 5496 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. Yigirma to‘rt nafar kishi hayotdan ko‘z yumgan.