29 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8199 (+168) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 151 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Buxoro viloyati (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida) va yana 1 nafari Jizzax viloyatida karantindagi fuqarolar orasida qayd etilgan.

️Ayni soatlarda poytaxt va Surxondaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalarida 97 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi.

️Shunday qilib, O‘zbekistonda 5426 (+97) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil qilmoqda.

️Hozirda mamlakatda davolanayotgan 2750 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.