28 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7725 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.


Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 30 nafari Karantin марказидаги fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent shahrida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 2465 kishi davolanmoqda. Ulardan 19 nafar bemor og‘ir ahvolda, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda, deb baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 5240 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. Yigirma kishi hayotdan ko‘z yumgan.