27 iyun kuni soat 9:33 da O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida zilzila sezildi, uning epitsentr markazi Afg‘onistonda bo‘lgan.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, epitsentrda zilzila magnitudasi 5, chuqurligi esa 100 km bo‘lgan.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Farg‘ona (453 km) — 2 ball;
  • Guliston (443 km) — 2 ball;
  • Jizzax (429 km) — 2 ball;
  • Samarqand (424 km) — 2 ball;
  • Termiz (240 km) — 3 ball;
  • Qarshi (437 km) — 2 ball.