27 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7490 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.


Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 17 nafari Karantin марказидаги fuqarolar orasida, 26 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 22 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 8 nafari Toshkent shahrida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida), 7 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 3 nafari xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 3 nafari Buxoro viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), qolgan 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 2433 kishi davolanmoqda. Ulardan 20 nafar bemor og‘ir ahvolda, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda, deb baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 5038 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. Yigirma kishi hayotdan ko‘z yumgan.