UzAuto Trailer kompaniyasi KAMAZ ICHAJ va «KAMAZ-LIZING» bilan hamkorlikda «3 tasi 1 da» Mega aksiyasi boshlanganligini e’lon qiladi va avtosamosvalning eng mashhur modeli — KAMAZ 6520−1043ni foydali shartlarda sotib olishni taklif etadi.

Ushbu aksiya Sirdaryo va Buxoro viloyatlaridagi favqulodda hodisalar oqibatini tezkor bartaraf etish dasturlari doirasida qatnashayotgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekistonning barcha mintaqalarida urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida, shuningdek pandemiya davrida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun amalga oshirilmoqda.


Samosvalga chegirma — 72,0 mln. so‘m, uning aksiya doirasidagi narxi 598 mln. so‘m, QQS bilan (standart narxi — 670 mln. so‘m).

«Pulini to‘lab, texnikani hoziroq olib keting, vaqtingizni xaridda tejab, biznesga sarflang! Boshqalar importdan olib kelguncha — Siz ishni pishitib qo‘ygan bo‘lasiz», — deyiladi kompaniya xabarida.

Ishlab chiqaruvchidan lizing

Dastlabki to‘lovni (bo‘nakni) to‘lab, texnikani bir soat ichida olib ketish mumkin. Bunda, komissiya — 0%.

  • Lizing muddati — 36 oygacha;

  • Yakuniy stavka qoldiq qiymatga yillik 16% — so‘ndirish bir tekisda yo kamayib borish tartibida;

  • Bo‘nak to‘lovi — 25%dan boshlab;

  • Bitimni rasmiylashtirish va hujjatlar taqdimi — onlayn tarzda.


Bepul texnik xizmat ko‘rsatish

Kompaniyaning xabarida ta’kidlanishicha, bitimga bonus sifatida, mijoz umumiy qiymati 15 mln so‘mlik 8 ta bepul texnik xizmatga (TX) ega bo‘ladi, ulardan 1 yil yoki 60 000 km yurish davomida foydalanish mumkin. Ular o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • Barcha moy va suyuqliklarni almashtirish;
  • Barcha filtrlarni almashtirish;
  • To‘liq servis konsultatsiyasi.


UzAuto Trailer aksiya takliflari o‘zaro жамлаniшиni va bu bilan o‘z mijozlariga uch karra qo‘proq foyda taklif etishini ta’kidlaydi.

Aksiya 2020 yil 1 avgustgacha davom etadi.

«Biz rasman e’lon qilamiz: Siz yuqorida o‘qiganlaringizning barini aldovsiz va murakkab taomillarsiz qo‘lga kiritasiz», — deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun yagona call-markaz (+99871) 202−88−66 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Sayt: uzautotrailer.uz

Facebook: facebook.com/UzautoTrailerKAMAZ/

Telegram: t.me/uzautotrailer_official

Instagram: instagram.com/uzautotrailer_kamaz/

Reklama huquqi asosida