Angliya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan Chelsi-Manchester Siti o‘yini 2−1 hisobida londonliklar foydasiga hal bo‘ldi.

O‘yinda gollarni Chelsi tarkibida Kristian Pulishich va Villian (penaltidan) urishgan bo‘lsa, yagona javob to‘pini Kevin de Bryuyne jarima zarbasidan kiritdi.

Shunday qilib, eng yaqin taqibchisi Manchester Sitidan 23 ochkoga o‘zib ketgan Liverpul muddatdan oldin Angliya Premer ligasining chempioni bo‘ldi.

Turnir jadvalida 31 ta o‘yindan keyin Liverpul 86 ochko bilan peshqadamlik qilib turibdi, undan keyingi o‘rinda ketayotgan Manchester Sitida esa 63 ochko bor. Manchesterliklar qolgan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, Liverpul barcha o‘yinlarida mag‘lubiyatga uchrasa ham, Manchester Siti mersisaydliklardan o‘zib keta olmaydi.

Liverpul 31 turda chempionlikni qo‘lga kiritgan, ya’ni eng erta Premer liga chempioni bo‘lgan jamoaga aylandi.

Mersisaydliklar 1990 yildan beri birinchi marotaba Angliya chempionatida g‘olib bo‘lishdi.