O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 5000 nafardan oshdi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi. So‘nggi soatlarda 125 nafar bemor tuzalib, uyiga kuzatildi.

Jumladan:

  • poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida — 18 nafar;
  • Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida — 14 nafar;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida — 14 nafar;
  • shahar 1-son klinik shifoxonasida — 34 nafar;
  • shahar 3-son tug‘ruq majmuasida — 7 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 5 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida — 19 nafar;
  • Navoiy viloyatida — 14 nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan xalos bo‘ldi.

Kun davomida sog‘ayganlar — 161 nafar. Mamlakat bo‘ylab jami sog‘ayganlar — 5038 nafar.