O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 26−28 iyun kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjudligidan ogohlantirdi.

Ushbu hududlarda yashovchi aholidan ehtiyot choralarini ko‘rish, noxush holatlar yuzaga kelganda, FVVning “1050” raqamiga murojaat qilish so‘raldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel-may oylarida tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi oqibatida ko‘plab turar joy va xo‘jalik binolariga zarar yetib, xavfli hududlardan aholi evakuatsiya qilindi. Shuningdek, bir qancha o‘lim holatlari ham qayd etildi. Jumladan, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 10 yoshli qiz, Zominda 14 va 9 yoshli opa-uka sel oqizib ketishi natijasida hayotdan ko‘z yumgan edi.