20 iyun kuni Ispaniyada favqulodda holat bekor qilingach, 22 iyun kuni Barselonadagi Liseo opera teatrining torli cholg‘u asboblari kvarteti karantindan keyin ilk bor konsert berdi. Bu haqda Meduza sayti xabar berdi.

Jakomo Puchchining “Xrizantemlar” miniatyurasi ijro etilgan ushbu konsertning tinglovchilari 2292 ta xona o‘simligi bo‘lishdi.

instagram.com/bbcnews

Ushbu g‘oyaning muallifi ispaniyalk rassom Euxenio Ampudia. Karantin davomida u inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar haqida fikr yuritadi va shu yo‘l bilan ularning birligini mustahkamlashga qaror qildi.

Konsertdan keyingi kun “musiqadan ta’sirlangan” gultuvaklari Barselona kasalxonasidagi shifokorlarga ularning jasorati va mehnatlari uchun minnatdorchilik sifatida taqdim etildi.


instagram.com/bbcnews

Har bir tuvakka rassomning dastxati va u “o‘tirgan” joyi ko‘rsatilgan karta qo‘yilgan edi. Teatrning badiiy rahbari Viktor Garsiya de Gomardning so‘zlariga ko‘ra, konsert paytida o‘simlik egalari ularni fotosuratda topishlari uchun yuqori aniqlikdagi rasmlar olingan, deya xabar beradi Afisha.uz.