Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida Cobalt velosipedchini urib yuborishi oqibatida fuqaro vafot etdi, deya xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 17 iyun kuni fuqaro Yu.J. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasini Turkiston ko‘chasi bo‘ylab boshqarib ketayotib, qatnov qismini kesib o‘tayotgan velosipedchi S.B.ni urib yuborgan. Oqibatda velosipedchi S.B. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.