Karantin qoidalarini buzgani uchun 78 nafar ichki ishlar organlari xodimi jarimaga tortildi, 1 nafari ishdan bo‘shatildi. Bu haqda chorshanba kuni “Yuksalish” umummilliy harakati tashkil etgan uchrashuvda IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik IIO saflarini adashib kirib qolganlardan tozalash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.

Masalan 2019 yilda jami 7039 ta xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan. Undan tashqari, yo‘l harakat qoidalarini buzgan 1223 ta xodim jarimaga, 133 ta xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Bu yil boshidan buyon esa 2350 nafar xizmat intizomini buzgan xodim aniqlangan, 529 nafari yo‘l harakati qoidalarini buzgan, bunga jarimaga tortilgan hamda 45 xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan.

“Mana raqamlar, endi kim ayta oladi bular o‘zinikini bekitadi deb. Qonun ustivorligini ta’minlash, so‘zda emas, amalda, xozirda bizning birinchi vazifamizdir”, — deya ta’kidladi Shohrux G‘iyosov.