Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Rossiyaga jo‘nab ketgan delegatsiyasining 2 nafar a’zosida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sooronbay Jeyenbekov, uning delegatsiya a’zolari va kuzatuvchilar Moskvaga uchib kelib, belgilangan tartibga asosan COVID-19 ga test topshirishgan. Qirg‘iziston prezidenti Apparatining tashqi siyosat bo‘limi rahbari Daniyar Sidikov va qo‘riqlash xizmati xodimining koronavirusga testlari ijobiy chiqqan.

«Shu bois, Qirg‘iziston prezidenti Ulug‘ Vatan urushi g‘alabasining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashmaslikka qaror qildi», — deyiladi xabarda.