24 iyun kuni O‘zbekistonda jami 239 ta koronavirus holati qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Shundan 207 ta holat Karantin muassasalarida, 31 tasi aholi orasida (shundan 18 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Samarqand viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida), qolgan 1 tasi esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 125 nafar fuqaro sog‘aydi. Ular Toshkent shahri, Samarqand, Andijon va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6901 nafar bemordan 4685 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 68 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2197 nafar bemordan 14 nafari og‘ir, 5 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

️Hozirda mamlakatda uy karantinida 37 173 nafar, statsionar karantinda esa 22 890 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Hududlardagi holat