24 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6847 (+92) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 28 nafari Toshkent shahrida (shundan 15 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida) qayd etilgan.

️Ayni paytda yurtimizda 4588 (+28) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

️Hozirda o‘nta xududdagi shifoxonalarida davolanayotgan 2240 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 18 nafari og‘ir, 4 nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘irligicha qolmoqda.