2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari 3−20 avgust kunlari o‘tkaziladi, deya xabar berdi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Qayd etilishicha, 25 iyunga qadar magistraturaga kirish sinovlari uchun tegishli mutaxassisliklar sohalari bo‘yicha testlar bazasi shakllantiriladi.

Magistratura uchun hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

2020/2021 o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali amalga oshiriladi.