2020 yil uchun Haj mavsumi bekor qilindi, deya xabar berdi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati.

Xabarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari vazirligi 2020 yilgi Haj mavsumini faqat Saudiya Arabistoni ichida bo‘lib turgan fuqarolardan iborat ziyoratchilar uchun cheklangan miqdorda tashkil etishi haqida qaror qabul qilgan.

Qarorga ko‘ra, xorijiy mamlakatlardan ziyoratchilar qabul qilinmaydi.

Din qo‘mitasi oldinroq ma’lum qilganidek, 2020 yil Haj safariga borishni rejalashtirgan va navbati yetib kelgan fuqarolar, agar haj mavsumiga qadar Saudiya Arabistonida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashmasa, joriy yilgi navbatlar to‘liq saqlanib qoladi hamda keyingi yilga o‘tkaziladi.

Avvalroq, Umra tadbirini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq jarayon vaqtincha to‘xtatilgani haqida ham xabar berilgan edi.