Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 23 iyun kuni may oyida tug‘ilgan chaqaloqni sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olindi, deya xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Sirdaryo viloyati IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sardoba tumanida yashovchi “L” va “M” ismli ayollar “L"ning farzandini 18.000 (o‘n sakkiz ming) AQSH dollari evaziga sotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Tadbir davomida “L” hamda “M” ismli shaxslardan ashyoviy dalil tariqasida 18.000 (o‘n sakkiz ming) dollar olingan.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan tezkor tekshiruv ishlari olib borilmoqda.