Bishkek shahrining Pervomay rayon sudi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni 11 yil va 2 oylik qamoq jazosiga hukm chiqardi, xabar berdi 24.kg nashri.

Sud hukmiga ko‘ra, sobiq davlat rahbari jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga xilof ravishda ozodlikka chiqarilgani uchun korrupsiyada aybdor deb topildi. Shuningdek, sud Atambayevni davlat mukofotlaridan mahrum etish va mulkini musodara qilish to‘g‘risida qaror qabul berdi.

Xabarda qayd etilishicha, prokurorlar undan mol-mulkini musodara qilish bilan 15 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘rashdi. Atambayev sudda so‘nggi so‘z bilan gapirishdan bosh tortdi.

16 yil qamoq jazosiga hukm qilingan Aziz Batukayev 2013 yili ko‘rsatilgan og‘ir kasallik sababli hukmining oxiriga yetmay ozod qilingandi. Tergov natijasida Batukayev Atambayevning bevosita ko‘rsatmasi bilan ozodlikka qo‘yib yuborilganligi aniqlandi. Kuzda jinoyat ishi sudga yuborildi. 19 kishi, jumladan bir qator yuqori lavozimli shaxslar mazkur jinoyat ishi bo‘yicha ayblanmoqda.

Ma’lumot uchun, Almazbek Atambayev 2011 yildan 2017 yilgacha Qirg‘iziston prezidenti bo‘lgan. Atambayev 2019 yil iyun oyi oxirida daxlsizlikdan mahrum qilindi va unga qarshi korrupsiya ayblovlari qo‘yildi. O‘tgan yilning avgust oyida Atambayev maxsus operatsiya paytida o‘z qarorgohida ushlangan.