23 iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6662 (+127) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining:

79 nafar — Karantin markazidagi fuqarolar orasida;

  • 14 nafar — Xorazm viloyatida (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida);
  • 7 nafari — Qashqadaryo viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida);
  • 9 nafari — Toshkent shahrida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida);
  • 5 nafari — Sirdaryo viloyatida;
  • 3 nafari — Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida;
  • 3 nafari — Andijon viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida);
  • 3 nafari — Toshkent viloyatida (shundan 2 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi);
  • 3 nafari — Namangan viloyatida aholi orasida;
  • 1 nafari — Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

23 iyunda kun davomida esa 201 ta koronavirus holati qayd etildi. 168 nafari Karantin muassasalarida, 30 nafari aholi orasida (shundan 9 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Xorazm viloyatida, 4 nafari Qashqadaryo viloyatida, 3 nafardan Namangan va Toshkent viloyatida, 2 nafardan Andijon va Surxondaryo viloyatida, 1 nafar esa Sirdaryo viloyatida), qolgan 3 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.


Ayni paytda mamlakatda 4560 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan. Kun davomida esa 110 nafar fuqaro sog‘aydi. Ular Toshkent shahri va Samarqand viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda 2083 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.