23 iyun kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6535 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 21 nafari Karantin марказидаги fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida, yana 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 5 nafari Toshkent shahrida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 3 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida, yana 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) qayd etilgan.

Hozirgacha kun davomida mamlakatda 74 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 4520 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.