O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi epidemiyasi boshlanganidan buyon 1 mln dan ziyodroq, oxirgi bir kunda esa 17,6 mingta test sinovi o‘tkazildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 59 540 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda. Jumladan, uy sharoitida — 36 655 nafar fuqaro, statsionar sharoitda — 22 885 nafar fuqaro karantinga olingan.

Davolanayotgan bemorlarning kasallik darajasiga ko‘ra holati 3 nafari — o‘ta og‘ir, 15 nafari — og‘ir, 125 nafari — o‘rta og‘ir, 1819 nafari — qoniqarli holatda. 68 nafarida pnevmoniya aniqlangan.