Qozog‘istonning Olmaota viloyati hokimi Omondiq Batalovning koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqdi. Hokimda koronavirus kasalligi belgilarsiz kechmoqda. Bu haqda viloyat administratsiyasi matbuot xizmatiga tayanib, Tengrinews.kz habar beradi. Hozirda Olmaota hokimi o‘zini o‘zi izolyatsiyalagan.

Shuningdek, Bishkek shahar hokimiyati matbuot kotibi xabar berishicha, Bishkek hokimi Aziz Surakmatovda ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Xabar berilishicha, hokimda kasallik og‘ir belgilarsiz kechmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, koronavirus infeksiyasi Qirg‘iziston Jogorku Keneshining yana beshta deputatida aniqlangan. Shu paytgacha Qirg‘iziston parlamentsining “Kыrgыzstan” fraksiyasi a’zosi Beyshenalы Nurdinov va Jogorku Keneshi matbuot kotibi Ibraima Nurakun uuluda koronavirus aniqlangani haqda xabar berilgan edi. Qirg‘iziston parlamentidagi deputatlarda aniqlangan yangi beshta holatning uchtasi SDPK fraksiyasidagilardan, bittasi “Bir Bola” fraksiyasidan va “Onuguu-Progress” fraksiyasi deputatida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarbayevda koronavirus kasalligi aniqlangani haqda xabar berilgan edi.