Coca-Sola Ichimligi Uzbekiston ma’suliyati cheklangan jamiyati ommaviy savdolar asosida xususiylashtirishga tayyorlanilmoqda, deya xabar berdi davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati.

«Bu jarayonga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy investitsiya vositachilari va auditorlik kompaniyalarini jalb etish rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda.

Coca-Sola Ichimligi Uzbekiston korxonasiga 1993 yilda asos solingan. Hozirda ushbu MCHJning 57,118 foiz ulushi «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasiga,42,882 foizi esa «The Coca-Cola Export Corporation» (AQSH) kompaniyasiga tegishli. Kompaniya mamlakat bo‘ylab o‘zining uchta zavodiga ega: Toshkentda, Namanganda va Urganchda.

Coca-Sola Uzbekistan kompaniyasini xususiylashtirish 2018 yildan beri rejalashtirib kelinmoqda, biroq shu kungacha amalga oshgani yo‘q.