19 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5920 (+65) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 36 nafari Toshkent shahrida (shundan 22 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 14 nafari aholi orasida), 12 nafari Xorazm viloyatida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 8 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 2 nafari aholi orasida), 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 3 nafari aholi orasida), 1 nafari esa Andijon viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida qayd etilgan.

Mamlakatda 74 nafar bemor sog‘ayib, kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 4273 nafarga yetdi️/

Hozirda shifokorlar mamlakatdagi tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1628 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqdalar.