O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri buyrug‘i bilan Shuhrat Sattorov Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi XTV matbuot xizmati.

Shuhrat Sattorov 2020 yilning fevral oyidan beri mazkur markazda direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuhrat Sattorov (1985 y. t.) O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti (2008), Puna universiteti (Hindiston Respublikasi)ning Ommaviy aloqalar va jurnalistika fakultetida (2008−2009 yillarda) tahsil olgan.

2018−2020 yillarda Janubiy Koreyaning Yonsey universitetida Davlat, biznes va tadbirkorlik fakultetida magistratura yo‘nalishini tamomlagan.