16 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 14:21 da O‘zbekiston shaharlarida yer osti silkinishlari qayd etildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, zilzila epitsentri Afg‘onistonda, Toshkentdan 524 km janubiy-sharqiy yo‘nalishda joylashgan. Magnituda M=5,3, chuqurlik 214 km.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Toshkent : 524 km, 2 ball.
  • Namangan : 482 km, 2 ball.
  • Andijon : 471 km, 2 ball.
  • Farg‘ona : 416 km, 2 ball.
  • Guliston : 455 km, 2 ball.
  • Jizzax : 458 km, 2 ball.
  • Samarqand : 469 km, 2 ball.
  • Termiz : 319 km, 2 ball.
  • Qarshi : 501 km, 2 ball.
  • Navoiy : 603 km, 2 ball.

Eslatib o‘tamiz, kun avvalida Tojikiston hududida sodir bo‘lgan zilzila ham O‘zbekiston shaharlarida sezilgan edi. Birinchi zilzila magnitudasi epitsentrda 5,5 ni tashkil etgan edi.