Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ichki reyslar soni oshirilishi to‘g‘risida xabar qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, shu haftadan Toshkentdan Urganchga va Nukusga ikkitadan yangi reyslar tashkil qilinadi. Undan tashqari, poytaxtdan Buxorogacha bo‘lgan aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Qo‘shimcha reyslar jadvali

Toshkent — Nukus — Toshkent (payshanba, yakshanba):
Toshkent — Nukus: 15:30−17:10
Nukus — Toshkent: 19:40−21:00

Toshkent-Urganch-Toshkent (chorshanba, shanba):
Tashkent — Urganch: 15:30−17:00
Urganch — Tashkent: 19:30−20:50

Toshkent — Buxoro — Toshkent (dushanba, juma)
Tashkent — Buxoro: 10:30−11:40
Buxoro — Toshkent: 14:10−15:10

Chiptalarni kompaniya saytidan, shuningdek, poytaxtdagi markaziy aviakassadan va belgilangan shaharlardagi markaziy aeroportlardan sotib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 18 maydan boshlab Toshkentdan Nukus, Termiz va Urganchgacha va qaytish aviaqatnovlari yo‘lga qo‘yilgan edi. Reyslarda va aeroportlarda bir qator karantin talablariga amal qilinishi, shuningdek, yo‘lovchilarda niqob va qo‘lqop bo‘lishi lozim.