Toshkentdagi eng yirik restoran va to‘yxonalardan biri — Versal binosi auksionda 35,33 mlrd so‘mga sotildi. Auksion yakunlangani to‘g‘risida e-auksion saytida ma’lum qilindi.

Binoning auksiondagi boshlang‘ich narxi 34,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. 14 daqiqa davom etgan ushbu auksionda poytaxtdagi Diamond Drinks Co kompaniyasi g‘olib chiqdi.

Versal shu vaqtga qadar «Munitsipal aktivlar boshqaruvi markazi» davlat unitar korxonasiga qarashli «Tantana Servis» MCHJga tegishli edi. Bino 0,3 gektarlik hududni egallaydi va umumiy 6,5 ming kv metr maydonga ega.

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, restoranning yangi egasi — Diamond Drinks Co kompaniyasi spirtsiz gazli ichimliklar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi.