Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 16 iyun kunidan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 1,29 so‘mga pasayib, 10 151,90 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 31,91 so‘mga tushdi va 11 424,95 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Rubl 2,56 so‘mga pasaydi va 145,39 so‘mni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, bu dollar kursining uch hafta davomida birinchi bor tushishi bo‘ldi. Bundan avval AQSH milliy valyutasining kursi uch hafta o‘sib, ushbu davr damomida AQSHning milliy valyutasi so‘mga nisbatan jami 23,63 so‘mga qimmatlagandi (10 139,30 so‘mdan hozirgi 10 153,19 so‘mgacha).

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta dollar kursi 5 so‘mga qimmatlab, jami 10 10 153 so‘mni tashqil qilgandi.